O‘zA O`zbek

11.07.2019 09:55 Chop etish versiyasi

Yaponiya aholisi 433,2 ming kishiga kamaydi

Yaponiya aholisi 433,2 ming kishiga kamaydi

“Shu yilning boshiga kelib Yaponiya aholisi taxminan 124,8 millionga yetdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan yana 433,2 ming kishiga kamaydi degani”, deyiladi Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi ma’lumotida. 

Ketma-ket o‘n yildirki, aholi soni kamayib bormoqda. Mahkama ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda gap yaponlar haqida bormoqda, xorijliklar, aksincha, ko‘paymoqda. 

2018 yilda yapon oilalarida 921 ming go‘dak dunyoga kelgan, 1 million 363 ming 564 ta o‘lim qayd etilgan. Oraliq farq aholi soni kamayishidan darak bermoqda, deyiladi xabarda.

O‘zA
487