Zilzila va u sababli yuzaga kelgan sunami oqibatida Yaponiyaning 18 mingdan ko‘proq fuqarosi qurbon bo‘lgan edi.

Yakshanba kuni Yaponiya xalqi 2011-yil 11-mart kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlarini xotirladi. TASSning xabar berishicha, bir daqiqalik sukut butun mamlakat bo‘ylab mahalliy vaqt bilan 14:46 da e’lon qilindi. Ayni shu vaqtda bundan yetti yil muqaddam 9,0 magnitudali halokatli yer silkinishi sodir bo‘lgan edi. 

Zilzila va u sababli yuzaga kelgan sunami oqibatida Yaponiyaning 18 mingdan ko‘proq fuqarosi qurbon bo‘lgan edi. Bu tabiiy ofatdan ayniqsa mamlakatning shimoliy-sharqiy hududlari eng ko‘p talafot ko‘rgan.Ivate, Miyagi va Fukusima prefekturalarida sunami qator shaharlarni vayron qildi. Shuningdek, “Fukusima-1” Atom Elektrostansiyasida avariyani yuzaga keltirdi. Bu esa Yaponiyani yadro inqiroziga sabab bo‘ldi. Energiya ta’minoti va sovitish tizimlarining izdan chiqishi oqibatida yadro yonilg‘isining alangalanishi, vodorodning portlashi va yaqin hududlarning radioaktiv zararlanishi yuzaga keldi. AES dagi avariya talafotlarini bartaraf etish ishlari hanuzgacha davom etmoqda.

Fojiadan keyingi yetti yil davomida shimoliy-sharqiy hududlar deyarli to‘laligicha qaytadan qurildi. Lekin hanuzgacha 73 mingga yaqin kishi o‘z shahriga qayta olmayapti.

Yaponiya hukumati qayta tiklash ishlarini tezlashtirishni va’da qilmoqda. “Fukusima prefekturasida ko‘plab odamlar hali ham qochqin sifatida yashashga majbur. Har bir oila o‘z uyiga iloji boricha tezroq qaytishi uchun biz mintaqani qayta tiklashni tezlashtirmoqchimiz”, - dedi Bosh vazir Sindzo Abe.

Butun mamlakat bo‘ylab yakshanba kuni xotira tadbirlari tashkil etildi. Mamlakatning bosh telekanali bo‘lgan NHK jamoat teleradiokanali ertalabdan boshlab, Ivate, Miyagi va Fukusima prefekturalaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishlarni amalga oshirdi. Unda o‘z boshidan fojiani o‘tkazgan oddiy yapon oilalarining kechinmalari haqida so‘z boradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya 2011-yilgi zilzila qurbonlarini bir daqiqalik sukut bilan xotirladi