Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.04.2018 12:51 Chop etish versiyasi

Yana avtobus yondi. Bu gal Moskvada

Yana avtobus yondi. Bu gal Moskvada Moskva shimolida avtobus yonib ketdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Favqulodda hodisa kecha mahalliy vaqt bilan soat 21.55da sodir bo‘lgan.

Rossiya poytaxtining “Timiryazevskiy” ko‘chasida harakatlanayotgan 72-yo‘nalishli avtobusda yong‘in chiqqan. Transport haydovchisi yo‘lovchilarni zudlik bilan salondan chiqarib, voqea joyiga tezkor xizmatni chaqiradi.

Qayd etilishicha, yong‘in darhol o‘chirilgan, jabrlanganlar yo‘q. Favqulodda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, xuddi shunga o‘xshash favqulodda hodisa yaqinda Qozog‘istonning Ayag‘oz-Semey trassasida ham sodir bo‘lgan edi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 914