Xitoy 2050-yilgacha o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish rejasini e’lon qildi. Bunga sabab nima?

Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) Davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi “2050-yilgacha o‘rmon resurslarini ko‘paytirish va o‘rmon sanoatini rivojlantirishni o‘rtacha jahon darajasiga olib chiqish rejasi”ni taqdim qildi.

Boshqarma rahbari Chjan Szyanluna 2050-yilgacha Xitoy o‘rmon resruslarining 26,5 mlrd. kubometrini tashkil etish hamda o‘rmon sanoatini 72 foizga o‘stirish texnologik jarayonlar bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.

shutterstock_119641699.jpg

Chin hukumati o‘rmon resurslarini ko‘paytirib, o‘rmon sanoatini rivojlantirishga qattiq bel bog‘lashgan, desak yanglishamiz. Aslida ushbu maqsadlar ortida davlatning eng katta dushmani bilan kurashish yotadi.

Bugungi kunda Xitoy o‘rmon fondi 174,90 mln. gektarni, yog‘och zahirasi 12,456 mlrd. kubometrni tashkil qiladi. Xitoy davlati umumiy o‘rmon maydoni dunyoda 5-o‘rinni va o‘rmon zahirasi bo‘yicha 6-o‘rinni egallamoqda. Gonkong, Makao va Xitoy, Tayvanni qo‘shmaganda tabiiy o‘rmon maydoni 115,762 mln. gektarni, yog‘och zaxirasi – 10,593 mlrd. kubometrni, sun’iy o‘rmonzorlar – 53,257 mln. gektarni, sun’iy o‘rmon yog‘och zaxirasi – 1,505 mlrd. kubometrga yetgan. Barpo qilingan sun’iy o‘rmonzorlar bo‘yicha mazkur davlat dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Xitoyni eko-sivilizatsiya davlatiga aylantirish maqsadida, hukumat rahbarlari o‘rmonlarni qayta tiklash ishlari bilan shug‘ullanmoqdalar, natijada 2020 yilgacha davlatning 25 foiz yer maydoni o‘rmon bilan qoplanadi. Bugungi kungacha 13 mln. gektar o‘rmon ekilgan (Bu maydon Belorussiyaning umumiy maydoni bilan teng).

Xitoyda 12-mart – “Daraxtlar ekish kuni” sifatida belgilangan. Bu kun birinchi daraxtni ekib tashabbus bilan chiqqan Xitoyning yetakchi siyosatchisi Sun Yatsen sharafiga atalgan. Yatsen vafotidan 60 yil o‘tib, 12-mart milliy bayram sifatida nishonlanishi belgilab qo‘yilgan.

Yatsenning tashabbusi bilan Xitoyda “Butun mamlakat bo‘ylab ixtiyoriy tarzda daraxtlar ekish kompaniyasini o‘tkazish rezolutsiya” qabul qilingan. Ushbu hujjatga imzo qo‘ygan har bir 11 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan shaxs, har yili 1-3 daraxt ekishi kerak. Bunday insonlar xitoyda juda ko‘p. Har bir shaxs ixtiyoriy ravishda imzo qo‘yib, daraxt ekadi.

Daraxtlar ekish Xitoy davlati uchun juda muhim. Chinliklar daraxtlar orqali mamlakatning eng katta dushmani sanaladigan qumlar ko‘chkilari bilan kurashadilar.

Xitoyda o‘rmonlarni tiklash masalalari kuchayishiga 90-yillarning oxrida Yanszы daryosidagi qum bo‘roni sabab bo‘ldi. Mazkur tabiiy ofat minglab qurbonlarga sabab bo‘lgan. O‘rmonlarni ko‘paytirish, qayta tiklash masalasi hatto BMTning atrof muhitni muhofaza qilish dasturi (UNEA2) assambleyasining ikkinchi nashrida chuqurlashtirilgan.

O‘rmon plato Xuanxe daryosining yuqori va o‘rta qismining 640 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonini egallaydi va ular bir necha yillar davomida platoda bo‘ronlarning shamoli tomonidan ko‘chirib ketilgan. Bu joydagi tuproqlar, “er yuzida eng yemirilib kelingan tuproqlar” hisoblanadi.

Grinpisning ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Xitoyda 98 foiz o‘rmonlar qumdan aziyat chekadi. Bunga ko‘p yillar davomida o‘rmonlarni kesilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Umuman, bugungi kunda Xitoyning 4/1 qismi qum bilan qoplangan.

Qumga qarshi bugungi kunda Xitoyda yana bir buyuk devor – “Uch shimoliy boshpana” nomli loyihasi asosida “Yashil devor” barpo etilmoqda. Ushbu loyhaning bir qismi “Ixtiyoriy tarzda daraxtlar ekish kompaniyasini o‘tkazish rezolutsiya” tadbirlari sanaladi.

008_420878844_c8122a3d8d_o.jpg

2050-yilga tugallashi mo‘ljallangan ushbu loyiha doirasida “Yashil devor” Xitoyning shimoliy cho‘llar bo‘yicha 4500 km. masofagacha cho‘zilishi hamda o‘rmon ekish maydoni 405 mln. gektarni qamrashi va dunyoning o‘rmon qoplamini 10-qismini tashkil etishi kerak.

Pekin o‘rmonchilik universitetining xodimi Sao Shisyuning ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq yillardan buyon amalga oshirilib kelinayotgan mazkur loyihani hayotga tatbiq etilishi mobaynida xitoyliklar bir necha muammolarga duch kelishgan. Xususan, 1949-yildan qurg‘oqchilikka chalingan yerlarda ekilgan daraxtlarning faqat 15 foizi ko‘kargan. Sun’iy yo‘l bilan ko‘kartirilgan daraxtlar o‘rtacha 40 yil umir ko‘rgan. Ninsya provinsiyasida 2000 yilda 1 mlrd. terak zararkunandalar ta’siridan yo‘q bo‘lib ketgan.

Tanqidchilar so‘zlariga ko‘ra, “Uch shimoliy boshpana” loyihasining muvaffaqiyati faqat to‘g‘ri tanlangan daraxt turlarini ekish bilan bog‘liq.

Ayrim hududlarda mahalliy navlar qayta tiklanmoqda. Masalan, 1980-yillarda samarasiz hisoblangan va yo‘q qilingan chakanda (oblepixa) bugungi kunda qurg‘oqchilikka chalingan hududlarda ekilmoqda.

2012-yilda Jahon banki tomonidan Xitoyga 80 mln. dollar mablag‘ Ninsya provinsiyasida qumlarni barqarorlashtirish uchun har xil mahalliy butalarni ekish uchun 5 yilga ajratilgan.

Minkin hududining shimoliy-g‘arbida kengayib ketayotgan ikkita yirik cho‘lda daraxtlar ekish 1980-yillardan 10 barobarga oshirilgan bo‘lsa-da, daraxtlarning qurishi tezlashgan.

2003-yildan buyon Xitoy hukumati tomonidan 450 ming nafar odam Ichki Mongoliya nomli hududlardan ko‘chirilgan.

Xullas, xitoylik mutaxassislar davlatning asosiy dushmani sanaladigan qum ko‘chkilaridan faqat “Yashil devor” qutqaradi, degan g‘oyani bugungi kunda ham ilgari surmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyni asosiy dushmandan faqat “Yashil devor” qutqaradi