Xitoyda “Arbor day” ya’ni “Daraxt o‘tqazish kuni” har yilning 12-mart sanasida keng nishonlanadi. Xo‘sh, nega aynan shu sanada? Albatta, bu tasodif emas.

Ma’lumki, 12-martda xitoylik siyosiy va jamoat arbobi Sun Yatsen vafot etgan. Aynan u Xitoyda ommaviy tarzda daraxt o‘tqazish g‘oyasini ilgari surib, shaxsan o‘zi namuna ko‘rsatgan edi. Siyosiy arbobning xotirasini abadiylashtirish maqsadida boshlangan bu tashabbus hamon davom etmoqda. Bu bayram 1981-yilda rasmiy maqom oldi. O‘sha yili Beshinchi Xitoy Xalq Milliy kongressi «Daraxt o‘tqazish borasida umummilliy ko‘ngilli kompaniyasini o‘tkazish» borasida Rezolutsiya qabul qildi.

Qabul qilingan mazkur hujjatda 11 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan har bir fuqoro bir yilda 3–5 ta daraxt ekish tavsiya qilinadi. Agar u yoki bu sabablarga ko‘ra daraxt eka olmaganlar boshqa ishlarni, jumladan, gullarni parvarishlash, daraxtlarni butashlari kerak bo‘ladi. Mazkur tashabbus mamlakat aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili daraxt ekish kompaniyasida 600 millionga yaqin aholi ishtirok etadi. Shu kunga qadar ko‘ngillilar tomonidan 55 milliarddan ortiq ko‘chat ekilgan.

Hukumatning mazkur chora-tadbirlari “Buyuk Yashil Xitoy devori” loyihasiga asos bo‘ldi. Xitoy Xalq Respublikasi hududlaridagi sahrolarning kengayib borishining oldini olish maqsadida hukumat mazkur loyihani ishlab chiqib, hayotga tatbiq etmoqda.

1949-yilda Xitoy hududlarining 8 foizi o‘rmon bilan qoplangan edi. Sanoat rivojlanishi oqibatida yoqilg‘iga talab ko‘paydi. Bu o‘rmonlarning kesilishi hisobiga amalga oshirildi. Hukumat shamol tezligini kamaytirish va yerlardagi eroziyaga qarshi kurashish maqsadida 13 ta viloyat hududlariga o‘tqazilgan daraxt, buta va o‘simliklardan iborat yashil belbog‘ – ya’ni “yashil devor” barpo etishga kirishdi. Bu loyiha 2072-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, salkam 350 ming kvadrat kilometrni ko‘kalamzorlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, daraxtlar shamol va qum bo‘ronlari harakatini tutishga xizmat qilsa, ularning ildizlari yerlarni eroziyaga uchrashiga yo‘l qo‘ymaydi. Hukumat 2020-yilga borib mamlakatdagi o‘rmonlar hududi 40 million gektarga yetishi uchun harakat qilmoqda. Yaqin 10 yilda buning uchun 26 milliard tup daraxt o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Daraxt ekish kuni nafaqat Xitoyda balki yo‘q bo‘lib ketayotgan o‘rmonlarni tiklash, asrab qolish, atrofni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida boshqa mamlakatlarda ham o‘tkaziladi. Masalan, AQShning Nebraska shahrida 1872-yildan beri o‘sha vaqtdagi Qishloq xo‘jalik vaziri Sterling Morton (Julius Sterling Morton, 1832–1902) taklifi bilan daraxt ekish kuni nishonlanadi.

Jazoirda ham daraxt ekish kuni mavjud bo‘lib, bu mamlakatda har yili 27-oktabrda o‘tkaziladi. Italiya, Belgiya, Portugaliya va Lesoto davlatlarida 21-martda, Braziliyada esa 21-sentabrda “Daraxt ekish kuni” (Dia da Arvore) o‘tkaziladi. Germaniyada bu kabi bayram (Tag des Baumes) 25-aprelga to‘g‘ri keladi. Misrda esa an’anaga ko‘ra 15-yanvarda ommaviy daraxt ekish tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Kambojada 1-iyun, Keniyada 21-aprel, Kosta-Rikada 15-iyun, Makedoniyada 12-mart, Namibiyada 8-oktabr, Nigerda 3-avgust, Polshada 10-oktabr, Markaziy Afrika Respublikasida 22-iyul, Filippinda 25-iyun, Shri-Lankada 15-oktabr, Tanzaniyada 1-yanvar, Ugandada 24-mart, Malavida dekabr oyining ikkinchi dushanbasi, Meksikada iyul oyining ikkinchi payshanbasida daraxt ekish bilan bog‘liq umumxalq bayramlari o‘tkaziladi. Shuningdek, Janubiy Koreyada 5-aprel kuni, Yaponiyada 4-mayda “Ko‘kalamzorlashtirish kuni” doirasida ommaviy tarzda daraxtlar ekiladi.

Daraxt ekishdek, xalqimizga xos, xayrli ishlarda pok niyatlar, ezgu orzu-maqsadlar o‘z ifodasini topadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda 37 yilda 55 milliard daraxt ko‘chati ekildi