Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.06.2018 14:44 Chop etish versiyasi

Xitoyda 120 million yil ilgari yashagan dinozavr izlari topildi

Xalqaro ekspeditsiya arxeologlari Xitoy sharqidagi toshqotmalarda taxminan 120 million yil ilgari yashagan turli dinozavrlarning izlarini topdi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Qayd etilishicha, xalqaro ekspeditsiyaning xitoylik, avstraliyalik va amerikalik arxeologlari Shandun provinsiyasida bo‘r davridayashagan 7 turga mansub dinozavrlarning 300 dan ziyod izlariga duch kelgan.

Lin Universiteti qoshidagi geologiya va paleontologiya instituti direktoriVan Syaolining ta’kidlashicha, shu vaqtgaqadar biron marta ham qadimgi jonzotlarqoldiqlari uchramagan Shandunda dinozavrlar izlarining topilgani olimlarni shoshirib qo‘ydi. Arxeologlar Shandundagi topilmani “g‘aroyib” deb atamoqda. Chunki toshqotmalardagi izlar asosan deynonix ( bo‘r davrining o‘rtalarida, aniqrog‘i121-98 million yil ilgariyashagan kaltekesaksimon yirtqich dinozavr.Uzunligi 3-3,5 metr, og‘irligi 70 kilogrammgacha bo‘lgan) larga tegishli bo‘lib, olimlar ularnialohida yashagan debhisoblar edi. Ammo,topilmalar deynonixlarning poda bo‘lib hayot kechirganini ko‘rsatmoqda.

Malohat Husanova, O‘zA
1 914