Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi deputatlari yakshanba kuni o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida asosiy qomusga antikorrupsion tuzilmani ta’sis etish imkonini beruvchi o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi.

Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi deputatlari yakshanba kuni o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida asosiy qomusga antikorrupsion tuzilmani ta’sis etish imkonini beruvchi o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda.

Fevral oyi so‘nggida Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasining davomi sifatida Nazorat bo‘yicha davlat qo‘mitasini tuzish va uni konstitutsiyada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi asosiy davlat organi sifatida qayd qilishni taklif etgandi.

Shu paytga qadar asosiy antikorrupsion idora sifatida Xitoy kommunistik partiyasining intizomiy tekshiruv bo‘yicha markaziy komissiyasi e’tirof etilgan. Bu tuzilma partiyaniki bo‘lib, davlat organi hisoblanmas edi.

Yangi idora oldin mustaqil surishturuv olib boradi, keyin uni prokuraturaga beradi.Muassasa xodimlariga gumondagi shaxslarni rasmiy ayblov e’lon qilinmasada 6 oy muddatga hibsda ushlab turish huquqi ham berilgan.

Endilikda Xitoyda davlat rahbarining faoliyat muddati cheklanmaydi

Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi deputatlarining yana bir qabul qilgan muxim qarori natijasida XXR raisi va vitse-raisining ikki marotaba besh yillik muddatga tayinlanishiga oid cheklovlar bekor qilindi.

Bundan tashqari, deputatlar Konstitutsiya matniga amaldagi yetakchi Si Szinpinning ismini kiritishni ham ma’qullashgan. Unga binoan Asosiy qomusning preambulasida zikr etilgan Mao Szedun va Den Syaopinlarning ismlari va g‘oyalari qatorida “Si Szinpin g‘oyasi va boshchiligida yangi davr xitoycha yondashuvi asosidagi sotsializm” iborasi paydo bo‘ladi.

Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi deputatlarining yillik sessiyasi 5 mart kuni boshlangan bo‘lib, 20 martga qadar davom etadi.11 mart kuni deputatlar konstitutsiyaning 20 dan ortiq moddasiga o‘zgartish kiritishni ma’qullashdi.

Ma’lumot o‘rnida: XXR konstitutsiyasining birinchi loyihasi 1954-yilda tasdiqlangan. Hozirda amal qilinayotgan asosiy qonun esa 1982- yilda qabul qilingan edi. Shunday buyon 4 marotaba uning matniga o‘zgartishlar kiritilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritildi