Xitoy hukumati mamlakat xalq-ozodlik armiyasi harbiylari sonini 300 ming nafarga qisqartirish bo‘yicha choralarni yakuniga yetkazdi.

Xitoy hukumati mamlakat xalq-ozodlik armiyasi harbiylari sonini 300 ming nafarga qisqartirish bo‘yicha choralarni yakuniga yetkazdi. Bu haqda Umumxitoy xalq vakillari majlisi davomida XXR Davlat Kengashi rahbari Li Ketsyan bayonot bergan. Xitoy Qurolli kuchlari harbiylar soni bo‘yicha hamon dunyodagi eng yirik armiya sanaladi. Mamlakatda fuqarolik urushi oxirlari va XXR ga asos solingan 1949-yil 1-oktabrda 5, 5 million harbiy xizmatchi bo‘lgan. Keyinroq bu raqam qisqarib bordi, biroq hududiy va ichki siyosiy nizolar vaqtida yana oshib bordi.

1951-yil-Koreya urushi vaqtida 6,27 mln., 1975-yildagi Madaniy Inqilob davrida esa 6,1 mln. askar va ofitserlar bo‘lgan.

So‘nggi yillargacha Xitoy qurolli kuchlari 2,3 million kishi deb hisoblanayotgan edi. 2015-yilda esa mamlakatda keng ko‘lamli harbiy islohotlar haqida e’lon qilingan. Xitoy xalq-ozodlik armiyasi harbiylari sonining 300 ming nafarga qisqartirish chorasi ham uning doirasida amalga oshirildi. 2020 yilgacha yakunlanadigan islohotlar doirasida armiyaning tashkiliy shtat tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish ham nazarda tutilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy armiyasida harbiylar soni qisqartiriladi