Xitoy AQSh mahsulotlariga boj qo‘yadi
Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi bugun o‘z saytida AQShning 128 turdagi mahsulotlariga boj qo‘yilishini ma’lum qildi.
Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi bugun o‘z saytida AQShning 128 turdagi mahsulotlariga boj qo‘yilishini ma’lum qildi.Hujjatda qayd etilishicha, boj qo‘yilayotgan AQSh mahsulotlari yetti toifaga ajratilgan.
Birinchi toifada sarxil va quritilgan mevalar, yong‘oq, vino, jenshen, choksiz po‘lat quvurlar bo‘lib, ularga 15 foiz boj qo‘yiladi.
Ikkinchi toifadagi tovarlarga 25 foiz boj qo‘yilishi mumkin. Mazkur toifaga AQShning 8 nomdagi mahsuloti kiritilgan bo‘lib, 2017-yilda birgina shularning o‘zi Qo‘shma Shtatlarga 1,992 milliard dollar olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 1 mart kunida po‘lat va alyuminiy importiga qo‘yiladigan boj miqdorini 25 va 10 foizga oshirilishini ma’lum qilgan edi. Qaror 8 mart kuni tasdiqlandi.
Xitoy Tijorat vazirligi e’lon qilgan xujjat esa ushbu qarorga qarshi chora bo‘lib, mamlakat zararini qoplab berishi kutilmoqda.