O‘zA O`zbek

10.07.2019 16:11 Chop etish versiyasi

Virgin Galactic kompaniyasi suborbital turizmni rivojlantirmoqchi

Virgin Galactic kompaniyasi suborbital turizmni rivojlantirmoqchi

Britaniyalik milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi bir yildan keyin koinotga turistik parvozlarni boshlaydi. Bu g‘oyani amalga oshirmoqchi bo‘lganlar avvalo, kompaniya aksiyalarini fond birjalariga joylashtirishga yordam berishlari kerak, shu tariqa parvozlarni moliyalashtirish uchun zarur kapital to‘planadi.

Kompaniya boshqaruvchisi Xamat Palixapitining so‘zlariga ko‘ra, turizmning bu ko‘rinishi birinchi yildayoq daromad keltiradi. Ayni damda suborbital samolyotdagi bitta joy 250 ming AQSh dollari turadi, parvoz vaqti esa ikki soatdan ko‘proq.

Parvozning narxi qimmat bo‘lishiga qaramay parvozda ishtirok etish istagini bildirganlar soni 2500 kishidan oshib ketdi. Mana shuning o‘ziyoq kosmik turizmi daromad keltirishiga shubha qoldirmaydi.

Yil boshida Virgin Galactic suborbital balandlikka ikkita sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan edi.

O‘zA
384