“Versace”tabiiy mo‘ynadan voz kechdi
Jahonga taniqli “Versace” modalar uyi rahbari Donatella Versachi “1843” jurnaliga bergan intervyusida endilikda liboslar va aksessuarlarni tayyorlashda tabiiy mo‘ynadan foydalanmasligini ma’lum qildi.
Jahonga taniqli “Versace” modalar uyi rahbari Donatella Versachi “1843” jurnaliga bergan intervyusida endilikda liboslar va aksessuarlarni tayyorlashda tabiiy mo‘ynadan foydalanmasligini ma’lum qildi.“Mo‘yna? Men bunda boshqa qatnashmayman. Moda uchungina hayvonlar o‘ldirilishini xohlamayman...” degan Versachi intervyusida.
“Armani”, “Calvin Klein”, “Hugo Boss”, “Ralph Lauren”, “Gucci”, “Michael Kors”, “Jimmy Choo” kabi moda olamining taniqli brendlari ham tabiiy mo‘ynadan voz kechgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra har yili jahonda bir millionga yaqin jonivor faqat mo‘ynasi uchungina o‘ldiriladi.