Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.02.2018 12:22 Chop etish versiyasi

Turkmanistonda benzin narxi bir yarim baravarga ko‘tarildi

Turkmanistonda benzin narxi bir yarim baravarga ko‘tarildi Endi 95-benzinning bir litri 1,5 manat, 92-benzinning bir litri 1,35 manat etib belgilandi. (O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 2018-yil 1 fevral uchun o‘rnatilgan valyuta kursiga ko‘ra, 1 turkman manati – 2342,63 so‘m)

Garchi benzin narxi 50 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa ham Turkmanistonda bu ko‘rsatkich hanuz MDH davlatlari o‘rtasida eng past baho bo‘lib qolmoqda.

Turkmaniston uzoq yillar davomida “benzinli jannat” hisoblanardi – mamlakatdagi yoqilg‘i narxi dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri edi. Mamlakatning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov davrida benzinning bahosi bir litr uchun atigi 2 sent etib belgilangan edi.

2007-yildan mamlakatni boshqargan prezident Gurbanguli Berdimuhammedov 2008- yilda turkmanistonlik avtomobil haydovchilar uchun benzinning bepul limitini joriy etgan. Mamlakatda benzin narxi pastligi bilan bir qatorda avtomobil egalari oyiga 120 litr benzin bepul olgan. Bepul benzin davri 6 yil davom etgan va 2014-yili bekor qilingan.

O'zA
8 334