Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.01.2018 18:14 Chop etish versiyasi

Turinda portlash. To‘rt kishi jabrlandi

Turinning chekka tumanida qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida to‘rt kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda TASS ANSA agentligiga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaralanganlarning ikki nafari marokashlik - 17 yoshli yigit va 45 yoshli ayol, qolgan ikkisi 61 va 83 yoshli italyan. Portlash kuchi to‘rtta mashinani shikastlagan.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar ushbu ko‘chadan yana 12 ta portlovchi qurilma topgan. Surishtiruv ishlari boshlangan.


7 820