Arab dunyosida keng tarqatiladigan “Ilaf” elektron nashri xabariga ko‘ra, Tunis turizm vaziri Salma al-Lumiy 2017 yilda mamlakatda turizm industriyasida sezilarli jonlanish yuz berganini ta’kidlagan.

Arab dunyosida keng tarqatiladigan “Ilaf” elektron nashri xabariga ko‘ra, Tunis turizm vaziri Salma al-Lumiy 2017 yilda mamlakatda turizm industriyasida sezilarli jonlanish yuz berganini ta’kidlagan. Ammo turizm sohasining bu yilgi ko‘rsatkichlari 2014 yil ko‘rsatkichlaridan pastligicha qolmoqda. Bunda 2015-yilda mamlakatda sodir etilgan terroristik xatti- harakatlar turizm sohasiga jiddiy zarba bergani kuzatiladi. Xususan, keyingi yillarda turizmning Tunis Yalpi milliy mahsulotidagi ulushi 10 foizdan 7 foizga tushib ketdi.

Turizm vaziri 2016-yil mobaynida mamlakatda xavfsizlikni mustahkamlash borasida erishilgan natijalarga yuqori baho berib, ularning 2017-yilda turizm jonlanishiga jiddiy ta’sir etganini ko‘rsatib o‘tdi. 2017-yilning noyabriga kelib, Tunis turizm hisobidan 880 ming yevro daromad qildi. Bu bilan 2016-yilning shu davriga nisbatan 16 foiz o‘sishga erishildi. Mamlakatga keluvchi sayyohlar soni 6,4 millionga ko‘tarilib, o‘sish nisbati 23 foizni tashkil etdi.

Sayohatchilar jug‘rofiyasi to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, 2017-yilning noyabriga kelib, mamlakatda bir million 331 ming nafar yevropalik, jumladan, 535 ming fransuz, 173 ming olmon sayyohi kutib olingan. Tunisga keluvchi sayyohlarning katta qismi Arab Mag‘ribi mamlakatlari (3,4 million, ulardan, 2 milliondan ziyodi jazoirliklar) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Fathiddin Samariddinov tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tunisda turizm sohasini rivojlantirishda sezilarli siljishlar kuzatildi