Tojikiston xalqi hukumatga korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llarini taklif qildi
Tojikiston Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi sotsiologik tadqiqot natijalarini e’lon qildi, unda mamlakat aholisi korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llarini taklif qilgan.
Tojikiston Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi sotsiologik tadqiqot natijalarini e’lon qildi, unda mamlakat aholisi korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llarini taklif qilgan.Sotsiologik tadqiqot o‘tgan yili “2013-2020-yillarda Tojikiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi” doirasida, Tojikistonning barcha mintaqalarida o‘tkazilgan edi. 90 mingga yaqin odam – davlat tuzilmalarining mulozimlari, tadbirkorlar va oddiy fuqarolar orasida so‘rov o‘tkazilgandi, deb xabar qildi korrupsiyaga qarshi kurash idorasi.
Ma’lum bo‘lishicha, Tojikiston aholisi agar hukumat huquqni muhofaza qilish organlarining turmush darajasi haqida g‘amxo‘rlik qilsa, mas’uliyatli lavozimlarda halol, ma’lumotli mutaxassislar ishlasa, mamlakatda korrupsiya kamayadi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, fuqarolar mamlakat rahbariyati korrupsiya va poraxo‘rlik uchun jazoni kuchaytirishi kerak, aybdorlarni esa butun mamlakat ko‘z o‘ngida sud qilish lozim, deb hisoblaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligidagilar navbatdagi sotsiologik tadqiqot 2019-yilda o‘tkazilishini xabar qilishdi.