Tojikiston parlamentining quyi palatasi 19-mart kuni “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qildi, unga ko‘ra Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari viza rasmiylashtirmasdan qo‘shni mamlakat hududida 30 kungacha bo‘lishlari mumkin.

Kelishuvni parlamentga TR TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Nizomiddin Zohidi taqdim qildi. Parlament deputati Ahmadjon Sobirov Kelishuvni “tarixiy hujjat” deya baholadi.

Bundan avval parlament quyi palatasi matbuot xizmati “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitim fuqarolarning har ikki mamlakat hududlarida vaqtincha bo‘lishlarini, vizasiz va tashkilotlarning xizmat safarlari bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirishini aytgan edi.

Ikki mamlakat fuqarolarining qo‘shni davlat hududlarida 30 kun muddatda bo‘lishiga ruxsat beruvchi “Fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Bitim Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi chog‘ida 9-mart kuni imzolangan edi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston parlamenti “tarixiy hujjat”ni ratifikatsiya qildi