O‘zA O`zbek

05.07.2018 12:52 Chop etish versiyasi

Tojikiston narx-navoni muvofiqlashtirish amaliyotiga qaytmoqda

Tojikiston narx-navoni muvofiqlashtirish amaliyotiga qaytmoqda
Endilikda Tojikiston hukumati asosiy ehtiyoj mahsulotlari va tovarlarning 16ta turiga nisbatan narxlarni muvofiqlashtiradi.

Qaror mamlakat prezidenti Emomali Rahmon, hukumat raisi tomonidan imzolandi, nazorat esa Monopoliyaga qarshi kurash xizmatiga yuklatildi.

Davlat tomonidan narxlari muvoffiqlashtirib turiladigan ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va mahsulotlar orasida un, non, makaron mahsulotlari, don, arpa, guruch, shakar, moy, kartoshka; sabzavotlardan: sabzi, piyoz, karam; sut mahsulotlaridan: sut, kefir, smetana, tvorog; go‘sht mahsulotlaridan: mol, qo‘y, tovuq go‘shtlari, shuningdek, tuxum, tuz, choy, bolalar ozuqasi bor.

Shu tariqa Tojikiston 25 yil o‘tib yana tovar va mahsulotlar narxini muvofiqlashtirish amaliyotiga qaytmoqda.

1993 yilning 8 yanvar kuni Tojikiston vazirlar Kengashi “Erkin narx-navo to‘g‘risida” qaror qabul qilgan edi. Bu, o‘z navbatida, bozorda oziq-ovqatlar taqchilligiga barham bergandi.

O‘zA
5 851