NATO Iroqda rasmiy Bag‘dodning so‘roviga binoan qoladi va mamlakat harbiy kuchlariga ko‘mak berib boradi.

Al Sumaria telekanalining xabar berishicha, bu haqda shimoliy alyansning bosh kotibi Yyens Stoltenberg arab mamlakatlari bo‘ylab safari davomida ma’lum qilgan.
Bosh kotib Iroq parlamentining “Islom davlati” terrorchi guruhi to‘liq yengilganidan keyin xorijiy harbiylarning mamlakat hududida faoliyat olib borishiga aniq muddat belgilash talabidan bir necha kun o‘tib bayonot berdi.

— Iroqning xohishiga binoan biz bu yerdamiz, – dedi Stoltenberg. —Bizga bosh vazir Haydar al-Abadi bu haqda yozma murojaat qildi. Uning ta’kidlashicha, NATO respublikada “juda uzoq qolmaydi” va terror guruhlarini qayta jonlanishini oldini olish maqsadida Iroq qurolli kuchlarini tayyorlashda davom etadi.

Stoltenbergning aniqlik kiritishicha, qo‘llab quvvatlash loyihalarida ishtirok etayotgan NATO mamlakatlari mahalliy harbiylarni minalardan tozalash va harbiy-dala xirurgiyasi yo‘nalishida qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishga e’tibor qaratadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stoltenberg: NATO rasmiylarning iltimosiga ko‘ra Iroqda qoladi