Metropoliten matbuot kotibi Temmi Tanning so‘zlariga qaraganda, boshida haydovchisiz poyezdlar yo‘nalishida tig‘iz paytlarda faqat bitta operator kuzatib borishi belgilangan bo‘lib, bu barcha poyezdlarda yo‘lga qo‘yilmagandi.

Singapur metropoliteni rahbariyati poyezdlarning avtomatik boshqaruvi tizimlaridan voz kechmoqchi. The Straits Times gazetasining xabar berishicha, bunga harakatlanishda yuzaga kelayotgan uzilishlar sabab bo‘lgan. Metropoliten matbuot kotibi Temmi Tanning so‘zlariga qaraganda, boshida haydovchisiz poyezdlar yo‘nalishida tig‘iz paytlarda faqat bitta operator kuzatib borishi belgilangan bo‘lib, bu barcha poyezdlarda yo‘lga qo‘yilmagandi.

— Endi qabul qilingan qarorga binoan, metropolitenning ish vaqti davomida har bir poyezdda bittadan mashinist bo‘ladi, – deb qo‘shimcha qildi Tan. — Operator-mashinistlar poyezdlarda faqat yo‘lovchilarga dalda bo‘lish uchungina emas, balki turli hodisalarda tezkor choralarni qo‘llash uchun ham zarur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Singapurda 2003-yilda dunyoda birinchi marotaba haydovchisiz poyezdlarda harakatlanuvchi metropoliten liniyasi ishga tushgan edi. Shahar–davlatning metropoliteni 200 kilometr masofada xizmat ko‘rsatadi. Bu transport xizmatidan har kuni 2 million kishi foydalanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Singapur metropoliteni avtomatik boshqaruvdan voz kechmoqchi