Sharqiy Gutada turli jangari guruhlar o‘rtasida ochiq to‘qnashuvlar boshlandi.

Sharqiy Gutada turli jangari guruhlar o‘rtasida ochiq to‘qnashuvlar boshlandi. Bu haqida Kurashayotgan tomonlarni murosaga keltirish markazi vakili general-mayor Vladimir Zolotuxin ma’lum qilgan. Ria Novostining xabar berishicha, bu nizolar "Faylaq Ar-Rahmon" va "Jebxat an-Nusra”ning hududni tark etishi uchun chegaralarni belgilash haqidagi talabidan keyin yuzaga kelgan.

“Ko‘chalarda ochiq urushlar bo‘lyapti, tinch aholi esa daydi o‘q tegib ketmasligi uchun panaroq joylarni qidirishga majbur” dedi Zolotuxin.

Kuni kecha Markaz vakillari “Faylaq ar-Rahmon” guruhi yetakchilari bilan muzokaralar olib borishgandi, ayni shu vaqtda tegishli talablar ilgari surilgan.

Sharqiy Guta terrorchilarning Suriyadagi so‘nggi qo‘nalg‘alaridan biri bo‘lib, u hamon “Jaysh al-Islom”,”Ahror ash-Shom”, "Jebxat an-Nusra” singari terrorchi guruhlar nazoratida. Keyingi xaftada u yerda vaziyat yanada qaltislashdi.

BMTning rezolutsiyasidan keyin Sharqiy Gutada gumanitar tanaffus e’lon qilingan edi. Muxayyam Al-Vafodin va Mlexa aholi punktlarida tinch aholi va jangarilar chiqishi uchun ikkita gumanitar yo‘lak tashkil etilgandi. Kecha hududdan Misrabaning 52 fuqarosi chiqa olgan, ularning 26 tasi bolalardir. Hozir esa jangarilar Sharqiy Guta tomonini yopishga urinib, oddiy xalqni bu yo‘lak orqali chiqishiga to‘sqinlik qilishmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqiy Guta yana urush holatida