Gasim mintaqasi kichik va o‘rta korxonalar qo‘mitasi Saudiya Arabistoni Podshohligida tashkil etilgan shu yo‘nalishdagi birinchi qo‘mita hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi gazetalaridan biri “ar - Riyoz”ning xabariga ko‘ra, Gasim mintaqasi hokimi shahzoda Faysal bin Mish’al bin Saud bin Abdulaziz Ol Saud Gasim mintaqasi kichik va o‘rta korxonalar qo‘mitasi raisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida Podshohlik iqtisodiy taraqqiyotida kichik va o‘rta korxonalar muhim o‘rin tutishini ta’kidlagan. Uning fikricha, mazkur korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati ko‘plab ish o‘rinlari yaratishida alohida o‘z aksini topadi.

Bundan tashqari, shahzoda kichik va o‘rta korxonalar tadbirkorlik rivojlanishiga hissa qo‘shishi orqali Yalpi milliy mahsulot o‘sishi, iqtisodni diversifikatsiya qilish, mustahkam iqtisodiy asos barpo etish va yangi ish o‘rinlari yaratish kabi yo‘nalishlarda muhim o‘rin tutishini bildirgan. Bularning barchasi Saudiya Arabistoni Podshohligining “2030 yilga nazar” rejalariga mos keladi.

Fathiddin Samariddinov tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistoni Podshohligining iqtisodiy taraqqiyotida nima muhim o‘rin tutishi aytildi