O‘zA O`zbek

13.03.2018 21:40 Chop etish versiyasi

Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi Sankt-Peterburg shahrining Krasnoselskiy tumanidagi ko‘p qavatli uyda portlash ro‘y berdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tumandagi 219-uyda sodir bo‘lgan. Oqibatda ikki kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qavatlarning shifti qulab tushgan.

Tezkor xizmatlar vakilining so‘zlariga ko‘ra, portlash maishiy gaz sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.


3 820