Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.03.2018 16:47 Chop etish versiyasi

Rossiyada muddatidan avval 10 ming nafar kishi saylovlarda ovoz berib bo‘ldi

Rossiyada muddatidan avval 10 ming nafar kishi saylovlarda ovoz berib bo‘ldi Rossiya prezidentliga o‘tkazilayotgan saylovlarda 10 ming kishi muddatdan avval ovoz berdi. TASSning xabar berishicha, dushanba kuni mamlakat Markaziy Saylov komissiyasi a’zosi Aleksandr Klyukin ma’lum qilgan.

28 fevral kuni MSK 2,9 ming kishining muddatdan avval ovoz bergani aytilgandi. Muddatdan avalgi saylovlar, chekka hududlarda va saylov kuni qirg‘oqqa yetib kelolmaydigan kemalarda, qutbdagi va meteorologik stansiyalarda, qo‘riqxona va ov xo‘jaliklarida 25 fevraldan buyon o‘tkazilmoqda.

Xabar qilinishicha, 2,2 million saylovchi o‘zining vaqtincha yashash joyidan ovoz berishni istab ariza bergan. Rossiya federatsiyasida Prezident saylovi 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Nozima Toshpo‘latova
4 684