Bugun Olmaotada bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Yozuvchilarining 15-qurultoyida uyushmaga yangi rais saylandi.

Bugun Olmaotada bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Yozuvchilarining 15-qurultoyida uyushmaga yangi rais saylandi. QazAqparat muxbiri xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisligiga nomzod shoir Ulug‘bek Esdaueletga ko‘pchilik – 150 ijodkor ovoz bergan.

So‘zga chiqqan yozuvchi-shoirlar Ulug‘bek Esdaueletning tashkilotchilik qobiliyatiga alohida to‘xtalib, uning nomzodini bir ovozdan ma’qullagan.

– Yozuvchilar uyushmasining vazifasi ijodkorlarni imkon qadar qo‘llab-quvvatlash, – dedi uyushmaning yangi raisi U.Esdauelet. – Tashkilotning faoliyati yangi davr ruhiga mos bo‘lishi kerak. Bizning baxtimizga “Ma’naviy yangilanish” dasturi (2017-yil aprel oyida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning “Kelajakka yo‘nalish: ma’naviy yangilanish” nomli maqolasi e’lon qilingan edi. Unda ilgari surilgan masalalar, fikr-mulohazalar yuzasidan “Ma’naviy yangilanish” dasturi ishlab chiqilgan va bugun amalga oshirilmoqda) ro‘yobga chiqdi. Bu dasturni amalga oshirishda Yozuvchilar uyushmasining alohida o‘rni bo‘lishi zarur.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘zgardi