G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bir necha kundan buyon davom etayotgan qor va kuchli shamol transport harakati, elektr ta’minotida turli muammolarni keltirib chiqarmoqda.

G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bir necha kundan buyon davom etayotgan qor va kuchli shamol transport harakati, elektr ta’minotida turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ta’lim muassasalarining yopilishi, ayrim joylarda yuzlab kilometrli avtotransport tirbandliklari vujudga kelishiga sabab bo‘lyapti.

Ob-havo noqulayliklari oqibatida 11-dekabr kuni Niderlandiyaning Amsterdam-Sshifol aeroportida 400 dan ortiq samolyot qatnovlari (jami qatnovlarning uchdan biri) bekor qilingan. Mamlakatning ikkinchi yirik aeroporti Eyndhoven esa kunning ikkinchi yarmida butunlay yopib qo‘yilgan. Sshifol aeroporti matbuot kotibi Pol Veberning ma’lum qilishicha, keyingi kunlarda qor erishi kutilsa-da, samolyotlar parvozida kechikishlar yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, Belgiyaning Brussel aeroportida 300 ga yaqin reyslar bekor qilinib, yuzlab qatnovlar kechiktirilgan. Aeroport ma’muriyati yo‘lovchilarga yangi tartib o‘rnatilmaguncha aeroportga kelmaslikni tavsiya qilmoqda.

Fransiyaning shimoliy va g‘arbiy hududlari ham bunday ob-havo sharoitidan aziyat chekmoqda. 50 mingdan ortiq oila elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Eyfel minorasi va Nitssa aeroporti ham vaqtinchalik yopilgan.

Bunday ob-havo Buyuk Britaniya va Ispaniyada yuzlab maktablar yopilishiga, elektr ta’minotidagi uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Zebiniso Ro‘ziyeva tayyorladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qor va kuchli shamol G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida turli muammolarni keltirib chiqardi