Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2018 16:39 Chop etish versiyasi

Qirg‘iziston tarixidagi yigirma to‘qqizinchi bosh vazir iste’foga chiqmoqda

Qirg`iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov hukumatni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari devonining axborot siyosati bo‘limi xabar qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, hujjatga binoan, bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari lavozimlarini egallagan shaxslar, vazirlar mahkamasining yangi tarkibi shakllanguniga qadar, ilgari egallab turgan lavozimlariga muvofiq, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda davom etadilar. Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Sapar Isakov hukumati 2017-yil 26-avgustdan beri ishlab kelmoqda. Sapar Isakov bosh vazir lavozimida 2017-yil oktyabrda Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan Sooronboy Jeenbekovning o‘rnini egallagandi.

Sapar Isakov mustaqil Qirg‘iziston tarixidagi yigirma to‘qqizinchi bosh vaziri bo‘lgan.

Sharofiddin To‘laganov

1 650