O‘zA O`zbek

19.03.2018 17:53 Chop etish versiyasi

Putin mitingda o‘z tarafdorlariga minnadorchilik bildirdi

18-mart kuni saylovlardan so‘ng o‘z shtabida chiqish qilgan Putin bayonot berib hozircha konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish niyatida emasligini aytgan edi. Hukumatni kim boshqaradi, deb berilgan savolga javob bergan, Putin bu masalani bugundan boshlab o‘ylay boshlaganini bildirdi. U o‘z so‘ziga qo‘shimcha qilar ekan, barcha e’lonlar inauguratsiyadan so‘ng berilishini ta’kidladi.

Vladimir Putin mitingda o‘z tarafdorlariga minnadorchilik bildirdi va o‘zining saylovoldi komandasi shtabida chiqish qildi.

Putin “olg‘a intilish maqsadida” mamlakatni birdamlikka chaqirdi va “Rossiya muvaffaqiyatlar og‘ushida” dedi. “Biz kon’yunktura qarashlariga tayanmaymiz, biz farzandlarimizning kelajagi haqida o‘ylaymiz. Birgalikda Rossiya uchun keng ko‘lamli ishlarni amalga oshiramiz”, dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutlagan edi.

O‘zA
5 100