Parij sirklarida yovvoyi hayvonlar bo‘lmaydimi endi?
Parij shahri mahalliy deputatlari hamda atrof-muhit himoyachilari shahar sirklarida yovvoyi hayvonlar ishtirokida tomoshalar qo‘yishdan voz kechish va ularni qiynamaslikni yoqlab chiqmoqda.
Parij shahri mahalliy deputatlari hamda atrof-muhit himoyachilari shahar sirklarida yovvoyi hayvonlar ishtirokida tomoshalar qo‘yishdan voz kechish va ularni qiynamaslikni yoqlab chiqmoqda. Bu haqida matbuotda chop qilingan xabarlarda yozilishicha, shahar vakillari sirklarda yovvoyi hayvonlardan foydalanishni davlat tomonidan taqiqlashni talab qilishmoqda.Bu mavzudagi muhokamalarning avj olishiga joriy yilning noyabr oyida bir yo‘lbarsning sirkdan qochgani va uning tutib o‘ldirilgani sabab bo‘lmoqda.
Sirklarda hayvonlarga yomon munosabatda bo‘linishi, namoyishlarga o‘rgatish uchun ularning qiynalishi, yo‘qolib borayotgan ayrim hayvon turlarining sirk qafaslarida umrini o‘tkazayotgani parijliklarga umuman yoqmayotgani ma’lum qilingan.
Parij shahri vakillari ushbu mavzuda sirk rahbarlari bilan ham uchrashuvlar tashkillashtirishni rejalashtirmoqda.
Zebiniso Ro‘ziyeva tayyorladi