O‘zA O`zbek

02.07.2018 16:30 Chop etish versiyasi

OAV: Xakerlar “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti saytini buzib kirishga muvaffaq bo‘ldi

OAV: Xakerlar “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti saytini buzib kirishga muvaffaq bo‘ldi
Xakerlar tomonidan sayt kloni ham yaratilib, uning yordamida terrorchilik tashkilotiga qarshi targ‘ibot materiallari va soxta axborot tarqatilgan. 

TASSning “Al Arabiya” telekanaliga asoslanib, aniqlik kiritishicha, “Islom davlati”ning asosiy targ‘ibot quroli bo‘lgan “Nabaa” jurnali saytiga ommaviy kiber hujum uyushtirganlar “Deshgram” nomi ostidagi iroqliq xakerlar bo‘lgan. 

Ayni kiber hujumdan so‘ng terrorchilik tashkilotining sayti o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 

Xakerlarning ma’lum qilishicha, kiber hujum muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Ular feyk kontentlarni “Islom davlati”ning virtual makoniga 500 martagacha joylashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Hech nimadan bexabar ayrim terrorchilar esa soxta xabarlarni bir-birlariga ulashishga ham ulgurgan. 

Malohat Husanova, O‘zA
4 648