Samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Avvalroq Nepal xalqaro aeroporti yaqinida Bangladeshning US-Bangla Airlines aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchraganini xabar qilgandik. Reuters axborot agentligi Nepaldagi harbiylarga tayangan holda falokat oqibatida kamida 50 kishi qurbon bo‘lganini aytmoqda.

Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, falokat oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, 23 yo‘lovchi yaralangan.

1516164674.jpg

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Dakka – Katmandu reysini amalga oshirayotgan Bombardier Q400 samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagiga tusha olmagan va aeroport yonidagi futbol maydoniga qulab yonib ketgan.

"The Kathmandu Post" gazetasining yozishicha, samolyotda 67 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi bo‘lgan. 25 yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Aeroport ma’muriyati samolyot halokatiga texnik nuqson sabab bo‘lganini aytmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Nepalda samolyot qulashi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi