O‘zA O`zbek

04.07.2018 18:21 Chop etish versiyasi

OAV: Eronda tez orada “Instagram” ham taqiqlanadi

OAV: Eronda tez orada “Instagram” ham taqiqlanadi
Eron Islom Respublikasi bosh prokurori yordamchisi Muhammad Musaddiq mamlakatda yaqin kunlarda “Instagram" ijtimoiy tarmog‘iga taqiq qo‘yilishi haqidagi axborotni tasdiqladi. 

Bu haqda "Anado‘li” axborot agentligi xabar tarqatdi. 

Muhammad Musaddiqning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda ayrim san’atkorlarning muhtojlarga ko‘mak berish bahonasida ijtimoiy tarmoqni mablag‘ to‘plash vositasiga aylantirib olgani “Instagram ”ni cheklashga asosdir. 

Agentlikning yozishicha, Eronda taqiqga uchragan faqat “Instagram” emas. Mamlakatda “Facebook”, “Twitter”, “Telegram” kabi ijtimoiy tarmoqlar ham bloklangan. Hukumatning navbatdagi ijtimoiy tarmoqni cheklash haqidagi qaroriga esa mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga qarshi Mashxad shahrida boshlanib, Eronning boshqa hududlariga ham tarqalgan norozilik namoyishlari sabab bo‘lgan. 

Bugungi kunda Eron aholisining 23 foizi “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali axborot almashadi. Cheklovga qadar 55 foiz eronlik “Telegram”dan foydalangan. 

Malohat Husanova, O‘zA
4 648