O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

Mustaqillik yillarida xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq yaratilgan normativ-huquqiy baza fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga ko‘maklashganligi qayd etilsin.

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) a’zosi bo‘lgani holda mazkur tashkilotning 14 ta konvensiyasini, shu jumladan qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aks etgan hamda har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi hamda majburiy mehnat taqiqlanishi mustahkamlab qo‘yilgan bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi 29, 105, 138 va 182-sonli konvensiyalarini ratifikatsiya qildi.

Milliy qonun hujjatlarimizda bolalarni mehnatga jalb qilish va majburiy mehnatdan foydalanish, jumladan biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali, shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida ish bajarishga majburlash uchun qat’iy taqiq nazarda tutilgan. Mehnat qilishga biror-bir shaklda majburlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zi qabul qilgan xalqaro majburiyatlarga so‘zsiz rioya etgani holda hamda bolalar mehnati va majburiy mehnat singari hollarga yo‘l qo‘ymaslikda sobitqadamligini tasdiqlab, bu sohada amaliy xalqaro hamkorlik uchun ochiqligini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan XMT o‘rtasida izchil muloqot olib borilayotganligi tegishli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni takomillashtirishga ko‘maklashmoqda. XMT bilan hamkorlikda 2017-2020-yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturi uzviy ro‘yobga chiqarilmoqda. Xalqaro mehnat standartlarini milliy qonun hujjatlarimizga hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bolalar mehnati va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilgan bo‘lib, u samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. XMT bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro mehnat standartlari prinsiplari joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlar amalga oshirildi, qator uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqaro mehnat standartlariga va normalariga rioya etish sohasida muayyan ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi. Jumladan, bolalar mehnati to‘liq bartaraf etildi, majburiy mehnatni taqiqlovchi va unga yo‘l qo‘ymaydigan sharoit hamda ta’sirchan mexanizmlar joriy etilmoqda. Mazkur sohada olib borilgan ishlar natijasida XMT konvensiyalariga rioya qilish borasida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston 2014-yildan beri kiritilmayapti.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, ularning yaxlit va tizimli bo‘lishini ta’minlash borasidagi ishlar yetarli emas, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risidagi axborotni jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha davlat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati qoniqarsizligicha qolmoqda. Bu esa ayrim hollarda mazkur sohadagi ishlarning holati haqida noxolis tasavvur shakllanishiga olib kelmoqda.

Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan mavsumiy qishloq xo‘jaligi va boshqa jamoat ishlarini o‘tkazishga doir axborot kampaniyasi samarali o‘tkazilmaganligi, ishlarning past saviyada tashkil etilganligi, tashkilotlar va muassasalar, fermer xo‘jaliklari hamda dehqon xo‘jaliklari rahbarlarining qonun hujjatlarini bilmasligi majburiy mehnatning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslikka jiddiy xalaqit bermoqda.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, paxtachilikni barqaror rivojlantirishning yangi agrotexnologiyalarini va zamonaviy standartlarini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi sektori samaradorligi va rentabelligini oshirishga qaratilgan innovatsiyalarni, fan yutuqlarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularni qishloq va suv xo‘jaligiga joriy etish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etishning va ishchilarni moddiy jihatdan rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish hamda joriy etish, bu sohadagi kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlar alohida diqqat-e’tiborni va mutlaqo yangicha yondashuvni taqozo etadi.

Mazkur sohadagi ishlarning holati parlament va jamoatchilik nazorati darajasini oshirish, shu munosabat bilan parlament tuzilmasini tashkil etib, uning tarkibiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarini, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini kiritish hamda uning zimmasiga Bolalar mehnati va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan yaqin hamkorlikda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalarni yuklash zarurligini ko‘rsatmoqda.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini va xalqaro shartnomalarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, biror-bir shaklda bolalar mehnati va majburiy mehnatni keltirib chiqaradigan holatlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka doir chora-tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek mazkur sohadagi ishlar holati va olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida keng jahon hamjamiyati e’tiboriga ishonchli axborot yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Q A R O R   Q I L A D I :

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida bolalar mehnati va majburiy mehnat, biror-bir jazo qo‘llanishi bilan tahdid qilib, shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi sifatida ish bajarishga majburlash taqiqlanishini belgilashdan iborat fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlanganligi qayd etilsin.

2. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mansabdor shaxslari bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishga yo‘l qo‘yganligi uchun shaxsan javobgar ekanliklari haqida qat’iy ogohlantirilsin.

3. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, shu jumladan biror-bir shaklda bolalar mehnati va majburiy mehnatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining va xalqaro shartnomalarining normalari bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati choralarini kuchaytirish zarur, deb hisoblansin.

4. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi (S.B.Artikova), Bolalar mehnati va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (T.K.Narbayeva) bilan hamkorlikda:

fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga, shu jumladan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslikka doir O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, shuningdek 2017-2020-yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar so‘zsiz bajarilishini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar majmuini qabul qilsin;

davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan parlament hamda jamoatchilik nazoratini o‘rnatsin;

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash maqsadida parlament va jamoatchilik nazoratining barcha shakllaridan foydalansin;

mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya etilishi hamda ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining mas’uliyatini oshirish masalalari bo‘yicha ishlar olib borilishini ta’minlasin;

fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini va xalqaro shartnomalarini bajarish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi masalasi doimiy ravishda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;

fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir qonun hujjatlarining ijrosi sohasidagi muammolar va kamchiliklar joylarda o‘rganilishini tashkil etsin;

amaldagi qonun hujjatlarining inventarizatsiyasini o‘tkazsin, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro mehnat standartlarini implementatsiya va ratifikatsiya qilish orqali takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqsin;

fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini amalga oshirish borasida erishilgan ijobiy natijalarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha joylarda keng tushuntirish ishlarini olib borsin.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi (S.B.Artikova) bir oy muddatda Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tasdig‘iga kiritsin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarni 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzish tavsiya etilsin.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar:

joylarda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini, shu jumladan XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari doirasidagi mehnat huquqlarini ta’minlashga doir keng tushuntirish ishlarini olib borsin;

fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga, shu jumladan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslikka doir qonun hujjatlarini amalga oshirishga oid joylardagi muammolarni va kamchiliklarni o‘rganib borsin;

davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida deputatlik hamda jamoatchilik nazoratining barcha shakllaridan foydalansin;

davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari buzilayotganligi haqidagi ma’lumotni yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan tartibda ta’sir choralarini qo‘llash uchun bandlik va mehnat munosabatlarining hududiy organlariga va prokuratura organlariga kiritib borsin;

olib borilayotgan ishlarning natijalari bo‘yicha axborotni, shuningdek qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasiga doimiy ravishda taqdim etib borsin.

6. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi (S.B.Artikova) fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini va xalqaro shartnomalarini bajarish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi axborotni muntazam ravishda (bir yilda kamida bir marta) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi muhokamasiga kiritib borsin.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishiga doir axborotni muntazam ravishda (bir yilda kamida bir marta) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari muhokamasiga kiritib borsin.

7. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi (S.B.Artikova) olib borilayotgan ishlar natijalari bo‘yicha qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har yili axborot tayyorlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (A.X.Komilov) qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi materiallarni BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatib borish tavsiya etilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (A.X.Komilov) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi (A.A.Kurmanov) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi (A.J.Jalilov, kelishuvga ko‘ra) bilan hamkorlikda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risidagi axborotni chet eldagi konsullik muassasalari orqali jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar e’tiboriga yetkazish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha Tadbirlar majmui 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov):

qishloq xo‘jaligi samaradorligi va rentabelligini, uni mexanizatsiyalash darajasini oshirish maqsadida, shu jumladan paxta hosilini mashinada terish hajmini ko‘paytirishda, shuningdek mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘tkazishda bozor mexanizmlarini, innovatsiyalarni, fan yutuqlarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

joriy agrotexnologiyalar qo‘llanishini yaxshilash hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, mexanizatsiyalangan terimga tayyorligini ta’minlaydigan hamda mexanizatsiyalanganlikdan maksimal samara beradigan g‘o‘za navlarining seleksiyasini rivojlantirish;

oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida agrar sektorda amaldagi quvvatlarni modernizatsiyalash;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, chet el kredit liniyalarini hamda texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish maqsadida agrar sektor va uning mahsuloti o‘zgartirilishini va diversifikatsiyalanishini hisobga olgan holda respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

jalb etiladigan mavsumiy ishchilarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirishning turli usullarini ishlab chiqish, bu sohadagi mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin.

11. Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar hamda fermer xo‘jaliklari fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir xalqaro huquq normalariga hamda milliy qonun hujjatlariga rioya etayotganligi ustidan jamoatchilik nazoratini joriy etishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish;

mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga daxldor bo‘lgan shaxslarga nisbatan jamoatchilikning ta’sir choralarini qo‘llagan hamda ularni javobgarlikka tortish to‘g‘risida vakolatli organlarga takliflar kiritgan holda aholi o‘rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish va aholi bilan qayta aloqa mexanizmlarini joriy etish tavsiya qilinsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga (A.X.Saidov) ijtimoiy sheriklik doirasida munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar ajratish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (I.B.Abdullayev) fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga, shu jumladan bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslikka doir O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borilishini ta’minlasin, bunda mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini va boshqa jamoat ishlarini o‘tkazishda amaldagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratsin.

14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N.T.Yo‘ldoshev zimmasiga yuklatilsin.

15. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining Raisi                                         N.Yo‘ldoshev

Toshkent shahri, 2017-yil 4-oktabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida