BMTning Rakxayn shtatida gumanitar yordamning yetkazilishiga barcha sharoitlarni yaratishga chaqiriqlariga qaramay Myanmada roxinja elatini uylaridan quvib chiqarish va qirg‘inlar davom etmoqda.

BMTning Rakxayn shtatida gumanitar yordamning yetkazilishiga barcha sharoitlarni yaratishga chaqiriqlariga qaramay Myanmada roxinja elatini uylaridan quvib chiqarish va qirg‘inlar davom etmoqda. Frans-press agentligining xabar berishicha, bu haqda BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi Endryu Gilmor bayonot bergan.

Gilmorning ta’kidlashicha, ularni siquvga olinishi “terror va ocharchilik” fonida davom etmoqda va bu ularni uylarini tashlab chiqib ketishga turtki berayapti.

Fevral oyida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish roxinja elatini o‘z uylaridan quvilishini “etnik qirg‘in” deb atagandi. U o‘shanda Myanma hukumatidan xalqaro gumanitar yordam kuchlarini Rakxayn shtatiga yetib borishiga ko‘mak berishni so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 25 avgust kuni “Roxingyalarni qutqarish Arakan armiyasi” harakati jangarilari Rakxayn shtatidagi 30 ta politsiya punktiga hujum qilgandi. Xavfsizlik kuchlari hududda qurolli amaliyotlarni boshlagan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, to‘qnashuvlarda 400 dan ko‘p inson halok bo‘lgan. BMT dalillariga qaraganda, Myanmadan Bangladeshga 690 ming roxinja qochgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Myanmada etnik qirg‘inlar davom etmoqda