Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.04.2018 16:00 Chop etish versiyasi

Mo‘g‘ulistonda poraxo‘rlikka qarshi kurash yilligi e’lon qilindi

Mo‘g‘ulistonda poraxo‘rlikka qarshi kurash yilligi e’lon qilindi Mo‘g‘uliston Prezidenti Xaltmaagiyn Battulga mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash va korrupsiyaga guvoh bo‘lganlar, korrupsiya haqida axborot berganlarni himoya qilish yilini e’lon qilish borasida farmon chiqardi, deb xabar beradi Mo‘g‘uliston axborot agentligi “Montsame”.

Farmonga asosan, 2018-2019 yillar Mo‘g‘ulistonda korrupsiyaga qarshi kurash yilligi bo‘ladi

Xabarda ta’kidlanishicha, Prezident ma’muriyati rahbari Z.Enxbold farmon nusxasini Jamoatchilik kengashi raisi G.Baassanga topshirgan.

Z.Enxbold farmon chiqishga sabab bo‘lgan omillarni korrupsiya mamlakat taraqqiyoti va milliy xavfsizlikka jiddiy zarar keltirganini bilan izohlagan.

Malohat Husanova, O‘zA
2 299