Misrdagi “al – Yavm as - Sabi’a” (“Yettinchi kun”) elektron gazetasi Misr osori atiqalar vaziri, doktor Xolid al – Annoniyning bayonotini e’lon qildi. Unda 2017-yilda qadimgi Misr tarixiga oid muhim kashfiyotlar qilingani keltirilgan.

Doktor Xolid al – Annoniy yangi kashfiyotlar Misrdagi osori atiqalarni dunyoga yanada keng targ‘ib qilishga yordam berishini aytadi. “Bu kabi kashfiyotlar izchil davom etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yer ostidan qadimgi Misr tarixiga oid ma’lumotlar hali ko‘plab topiladi”, deyiladi bayonotda.

Misr hukumati a’zosi mamlakatda qadimiy boy meros va topilmalarni yuzaga chiqarish yo‘lida katta ishlar qilinayotganligiga e’tiborni qaratib, ularni muzeylarda namoyish etish mamlakatga kelayotgan sayyohlar sonini oshirishga xizmat qilishini aytib o‘tgan.

Fathiddin Samariddinov tayyorladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr osori atiqalar vaziri: Yer ostidan tariximizga oid ma’lumotlar hali ko‘plab topiladi