O‘zA O`zbek

12.07.2019 10:50 Chop etish versiyasi

Meksikada politsiya patrul xizmatiga hujum uyushtirildi

Meksikada politsiya patrul xizmatiga hujum uyushtirildi

Meksikaning Durango shtatidagi politsiya patrul xizmatiga hujum uyushtirildi. Politsiyachilarning ikki nafari halok bo‘lib, to‘rt nafari jarohatlangan, deyiladi mahalliy hukumat ma’lumotida.

Jinoyatchilarning hech biri qo‘lga olinmagan. Ayni paytda ommaviy axborot vositalarida politsiyachilarning yetti nafari halok bo‘lgani haqidagi xabarlar ham tarqalgan, lekin ular rasman tasdiqlanmagan.

O‘zA
501