Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 16:36 Chop etish versiyasi

Marsdagi ilk odam 100-yildan so‘ng tug‘iladi

Marsdagi ilk odam 100-yildan so‘ng tug‘iladi Marsga odamlarning ilk ekspeditsiyasi tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda. Chunki ushbu tashabbusni amalga oshirishga harakat qilayotgan kishilar soni kun sayin ortayapti. Shundan kelib chiqib olimlar Marsdagi ilk odam 100-yildan so‘ng dunyoga keladi degan to‘xtamga keldi.

Ba’zi olimlar ko‘plab yetakchi kompaniyalar sayohatni hozir ham amalga oshirish mumkinligini ta’kidlayotgani noto‘g‘ri ekanini aytishmoqda. Boisi Qizil sayyoraga ekspeditsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kosmik sohaga yanada rivojlangan texnologiyalar zarurligi, buni ishlab chiqarish uchun esa 50-100-yil vaqt ketishi mumkin.

Ilon Mask esa nafaqat odamlarni tashuvchi kosmik kemani hammadan birinchi bo‘lib yaratish, balki ularni Qizil sayyoraga uch oydan kam muddatda yetkazishni va’da qilmoqda.

Aslida mutaxassislarni kosmosga sayohat qilishdan to‘xtatib turgan yagona narsa – yerliklarning himoyasizligi bo‘lib turibdi. Odamlarni kosmik makonning zararli ta’sirlaridan himoya qilish usuli topilsa, Marsga uchishni tashkil etish oldidagi to‘siq o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

Shuningdek, gravitatsiya maydonini qanday qilib yaratishni ham o‘ylab topish kerak. Mutaxassislar bunday qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ancha muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, gravitatsiyani inersiya kuchi orqali ham paydo qilish mumkin. Bunday holatda odamlarning Marsga joylashishi kamida 50-yildan so‘ng amalga oshiriladi, ilk odam esa 100-yildan keyin tug‘iladi.

O‘zA
5 194