Tojikiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqining oltinchi majlisi

Bryusselda Tojikiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha oltinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu majlisda Tojikiston nomidan mamlakat Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Zavqizoda Zavqi Amin qatnashdi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan tarqatilgan matbuot-relizida ta’kidlanishicha, tomonlar demokratik islohotlar va inson huquqlariga rioya etish — Yevropa Ittifoqi va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikning bosh mezoni ekanini qayd qilishdi.

«Mamlakatda so‘z erkinligi hamda siyosiy va demokratik qarashlarni erkin ifoda etish barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi», deyiladi majlis yakunlaridan so‘ng berilgan bayonotda.

Yevropa Ittifoqi shu yilning may oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan terrorizmga qarshi kurash va ekstremizm va zo‘ravonliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo xabarlari