Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.05.2018 12:42 Chop etish versiyasi

Liviyadagi hujumni “Islom davlati” terror harakati jangarilari amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi

“Islom davlati” terror harakati jangarilariLiviya milliy saylov komissiyasi bosh qarorgohida amalga oshirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.Bu haqida Reuters xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Tripolidagi qurolli hujum oqibatida 16 kishi qurbon bo‘lgan, shuningdek, 19 kishining jarohatlangani aytilmoqda.

Chorshanba kuni ertalab qurollangan jangarilar guruhi saylov komissiyasi qarorgohiga hujum qildi, bu vaqtda milliy saylov komissiyasida saylovchilarni ro‘yxatga olish ishlari olib borilayotgandi. Bino ichida ikkita portlovchi qurilma harakatga keltirildi. Bir vaqtning o‘zida bino tashqaridan yoqib yuborilgan. Xavfsizlik kuchlari hujum qilganlar bilan otishmaga kirishgan.

Ayni damda bino jangarilardan ozod etildi, hududda o‘t o‘chiruvchilar va politsiya faoliyat olib bormoqda. Biroq, bu sa’y- harakatlarga qaramasdan ikki qavatli bino to‘liq yonib, xarobaga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Liviyada 2018 yilning so‘nggida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ishlari boshlangan.

N. Toshpo‘latova
2 156