Kurrai zaminimiz aholisining qariyb yarmi sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum. Har yili 100 million kishi shifokorlar xizmat haqini o‘z cho‘ntagidan to‘lashi oqibatida qashshoqlik to‘riga tushib qolmoqda. Bu haqda Jahon banki hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotida aytilmoqda.

BMT Yangiliklar markazining xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha 800 million kishi oilaviy jamg‘armasining kamida 10 foizini o‘zi, xasta farzandi yoki boshqa qondoshi sog‘lig‘ini tiklashga sarflaydi. 100 millionga yaqin odamlar uchun bu xarajatlar shu qadar ko‘pga tushadiki, alal-oqibatda qashshoqlik iskanjasida qoladi.

Jahon banki prezidenti Jim Yon Kimning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlash tizimiga sarmoya kiritish inson kapitalini rivojlantirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda o‘ta muhim ahamiyatga ega. Lekin tizim yomon ishlamoqda. Shuning uchun sog‘liqni saqlash va inson kapitali ehtiyojlari uchun resurslarni yo‘naltirish, ayniqsa, mamlakatlar darajasida ushbu mablag‘larni sarflash tizimini butkul qayta ko‘rib chiqish zarur.

Hisobotda yangi mingyillikda sog‘liqni saqlash sohasida qator ijobiy natijalar qo‘lga kiritilgani ham e’tirof etilmoqda. Emlash va oilani rejalashtirish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar soni ortmoqda, antiretrovirusli muolajaga ehtiyojmandlar tegishli kurslardan o‘tmoqda. Shunga qaramay bu jarayonning barcha mintaqalarda ham birdek rivojlanmayotgani tashvishlanarli. Ayniqsa, Sahroi Kabirning janubidagi Afrika mamlakatlari va Janubiy Osiyoda sog‘liqni saqlash sohasidagi jiddiy muammolar o‘z yechimini kutmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: Yer aholisining yarmi sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalana olmaydi