O‘zA O`zbek

24.05.2018 13:18 Chop etish versiyasi

JSST: Kongodagi epidemiologik vaziyat hanuz tahlikali

JSST: Kongodagi epidemiologik vaziyat hanuz tahlikali Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirgan aholi soni 60 tani tashkil qilmoqda. Bemorlarning 27 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Ayni vaqtda mamlakatda tajriba preparatlari asosida vaksinalash kampaniyasi o‘tkazilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiningma’lumotlariga asoslanib, bu haqda “Euronews" xabar beradi.

Qayd etilishicha, JSST Bosh direktori o‘rinbosari Piter Salam Kongodagiepidemiologik vaziyat burilish nuqtasiga yetib kelganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra,bir necha haftadan so‘ng vaziyat nazorat ostiga olinadi yoki virus boshqa hududlarga ham tarqala boshlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kongodagi epidemiologik vaziyatdamuammolar yuzaga kelgan. Xususan, kasallik holatlarimamlakatning nafaqat alohida hududlarida, balki 1,5 million aholiga ega Mbandaka shahrida ham qayd etilgan. Shuningdek, Ebola bezgagi haqida noto‘g‘ri tushunchalarga ega bemorlar kasalligini yashirmoqda yoki davolanishdan voz kechmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada JSST Kongodagi shaharlarda ham Ebola bilan bog‘liq holat qayd etilganiva epidemiologik vaziyatdan xavotirda ekanini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun: Ebola virusini yuqtirgan insonlarda gemorragik bezgak, bosh og‘rig‘i, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, buyrak va jigar bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi. Ba’zi bemorlarda ichki va tashqi (ko‘z shilliq qavati va milklardan) qon ketishi kuzatilishi mumkin. Kasallik60-90 foiz holatlarda o‘lim bilan tugaydi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 259