O‘zA O`zbek

10.07.2019 16:05 Chop etish versiyasi

Jarimadan tushgan mablag‘larning bir qismi tez tibbiy yordamga yo‘naltiriladi

Jarimadan tushgan mablag‘larning bir qismi tez tibbiy yordamga yo‘naltiriladi

Qirg‘izistonda “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida jarima ko‘rinishda Bishkek budjetiga tushgan mablag‘larning ma’lum qismini tez yordam xizmatini yaxshilashga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Qirg‘iziston hukumatining ma’lum qilishicha, bosh vazir Muhammedqaliy Abilg‘aziev YHXni buzganlik uchun jarima ko‘rinishida tushgan mablag‘larni shakllantirish va foydalanish tartibiga o‘zgartish kiritishni taklif qildi.

Qirg‘iziston hukumati loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganidan keyin Moliya vazirligi hisobida qolgan mablag‘larning 50 foizni Majburiy Tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasiga - tez tibbiy yordam xizmati uchun avtomashina sotib olishga, ularni zarur anjomlar bilan ta’minlashga, shuningdek yangi tez yordam stansiyalarini ochishga sarflashga qaror qildi. Qancha miqdordagi mablag‘ haqida gap ketayotganini hukumat izohlamadi.

O'zA
411