O‘zA O`zbek

15.04.2019 14:27 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreya Prezidenti KXDR yetakchisi bilan muzoka o‘tkazadi

Janubiy Koreya Prezidenti KXDR yetakchisi bilan muzoka o‘tkazadi

Ryonxap agentligining xabar berishicha, Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan bo‘lajak muzokaralarning navbatdagi raundiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Agentlik Koreya davlat rahbari bayonotidan iqtibos keltirgan.

"Janub va Shimolning oliy darajadagi muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi”, degan o‘z bayonotida Mun Chje In. Koreya rahbarining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya o‘z tomonidan “muloqotni davom ettirish niyatida ekanini namoyish qilgan”. 

Avvalroq, KXDR Oliy xalq Majlisi sessiyasida Kim Chen In AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarning navbatdagi raudiga tayyorligi, Janubiy Koreya bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. 

O‘zA
281