O‘zA O`zbek

16.05.2018 15:26 Chop etish versiyasi

Janubiy Koreya kompaniyalari Shimolga sarmoya kiritish niyatida, faqat...

Janubiy Koreya kompaniyalari Shimolga sarmoya kiritish niyatida, faqat... Janubiy Koreyaning “Hyundai” kompaniyasi Shimoliy Koreyaga sarmoya kiritish yo‘llarini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzdi, bu haqda theguardian nashri xabar bermoqda.

Sal avvalroq rasmiy Vashington AQSH kompaniyalari kelajakda Shimoliy Koreyada loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkinligi ma’lum qilgandi.

Vashingtonning yuqori martabali diplomati Mayk Pompeo yakshanba kuni AQSH xususiy kompaniyalariga agar Shimoliy Koreya yadro quroli dasturidan voz kechsa energetika tarmog‘i va qishloq xo‘jaligi sohalariga sarmoya kiritishga ruxsat berilishini bildirgan edi. Ammo u AQSH hukumati Shimolga pul sarflamasligini aytib o‘tar ekan, faqat xususiy kompaniyalar mablag‘ ajratishini ta’kidlagan.

Mahalliy nashrlarning yozishicha “Hyundai” kompaniyasi Janubiy Koreya hukumatidan Shimoliy Koreyada joylashgan chegaraga yaqin Kaesong sanoat majmuasi ishini tiklashni so‘ragan. Ushbu sanoat majmuasi 2004 yilda ochilgan bo‘lib, 50 mingdan ortiq shimolliklar mehnat qilishgan va Janubiy Koreya firmalariga mahsulot yetkazib berishgan. Ammo, majmua 2016 yilda Shimolning yadroviy sinovi va raketa uchirgani sababli yopilgan.

“Hyundai”, shuningdek, Kumgang tog‘li kurort hududini qayta tiklashni o‘rganmoqda. Bu obyekt Shimoliy Koreya askari tomonidan Janubiy Koreyalik mehmonni otib o‘ldirganidan so‘ng 2008 yildan boshlab xorijliklar uchun yopib qo‘yilgan edi.

N. Toshpo‘latova
2 272