Avstraliyaning shimoliy sharqiy qirg‘oqlarida AQShlik milliarder Microsoft ta’sischilaridan biri Pol Allenning ekspeditsiyasi Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan Lexington aviatashuvchisiga duch keldi

Avstraliyaning shimoliy sharqiy qirg‘oqlarida AQShlik milliarder Microsoft ta’sischilaridan biri Pol Allenning ekspeditsiyasi Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan Lexington aviatashuvchisiga duch keldi. Bu haqda Allenning matbuot xizmati uning shaxsiy saytida ma’lum qilgan.

Kema Korall dengizining tubida, 3 km. chuqurlikda, Avstraliya qirg‘oqlaridan 800 km. uzoqlikda topilgan. Ekspeditsiya rahbari Robert Kraftning so‘zlariga qaraganda, Lexington Ikkinchi jahon urushi davrida suv ostiga cho‘kkan bo‘lib, olti oy oldin uni topish rejalashtirilgandi.

AQShning National Geographic jurnali ma’lumotlariga qaraganda dastlab kreyser kemasi sifatida ishlashi rejalashtirilgan Lexington 1925-yili suvga tushirilgan. U 1942-yil 4 may kuni 3 ta yapon avitashuvchilariga qarshi Korall dengizida jangga kirgan edi. 8 may kuni esa kema bir nechta bombalar zarbidan keyin cho‘kib ketgan.

National Geographicning yozishicha, Allen – ikkinchi jahon urushi qatnashchisining farzandi bo‘lib, u tomonidan moliyalashtiriladigan ekspeditsiya 2015-2017 yillarda bir nechta Amerika kemalari bo‘laklari, shuningdek, yapon imperatori flotining linkori va italiyanlarning kreyserini topgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan aviatashuvchi topildi