O‘zA O`zbek

11.07.2019 10:15 Chop etish versiyasi

Hasan Ruhoniy: "AQSh hukumati Eron xalqidan kechirim so‘rashi lozim"

Hasan Ruhoniy: "AQSh hukumati Eron xalqidan kechirim so‘rashi lozim"

"Vashington Tehron bilan muzokaralarga kirishishni istasa, Eron xalqidan kechirim so‘rashi va sanksiyalarni bekor qilishi lozim", dedi Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy. 

Uning rasmiy sayti xabariga ko‘ra, “Agar ular muzokaralarni vaziyatdan chiqishning yo‘li deb bilsa, sanksiyalarni bekor qilib, o‘z majburiyatlarini bajarishga qaytishi kerak”, dedi Ruhoniy hukumat yig‘ilishida. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytda ikki davlat munosabatlari keskinlashdi. Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar vositasida Eronga bosimni kuchaytirmoqda.

O‘zA
496