Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.02.2018 18:32 Chop etish versiyasi

Gonkonglik sapyorlar Ikkinchi jahon urushi vaqtida foydalanilgan 450 kilogrammlik bombani zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi

Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda. Bomba chorshanba kuni Van Chay tumanidagi yangi metro liniyasining qurilish maydonchasida aniqlangan edi. Mutaxassislarning qayd etishicha, bomba Ikkinchi jahon urushi vaqtida Amerikada ishlab chiqarilgan ANM-65 snaryadining faol qoldig‘i bo‘lgan.

Snaryadni zararsizlantirish chog‘ida 330 metr radiusdagi 4,6 ming aholi evakuatsiya qilingan. Hududda politsiya nazoratni kuchaytirib, barcha jamoat transportlari, korxona va restoranlar faoliyati to‘xtatilgan. Politsiyaning xabariga ko‘ra, bombani payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10.45 da to‘liq zararsizlantirishga erishilgan. Ayni paytda hududda jamoat faoliyati to‘liq tiklangan.

Metro quruvchilari o‘tgan haftada ham xuddi shunday bombani aniqlashgan, soha mutaxassislari sa’y-harakati bilan uzunligi 140 santimetrli snaryad to‘liq zararsizlantirilgan edi.

O‘zA
8 572