O‘zA O`zbek

15.04.2019 12:34 Chop etish versiyasi

Fransiya metro va tramvay yo‘nalishlarida 24 soatlik harakatlanishni joriy qilmoqchi

Fransiya metro va tramvay yo‘nalishlarida 24 soatlik harakatlanishni joriy qilmoqchi

Fransiya hukumati metropoliten va tramvay yo‘nalishlaridan bir nechasida uzluksiz – 24 soatlik harakatlanishni joriy qilmoqchi. Shahar meri Valeri Pekressning Le Parisien gazetasiga intervyusiga ko‘ra, bu tartib 2019 yil sentabridan boshlab 2020 yil martigacha davom etadi.

“Parijning tungi hayotiga yangi joziba baxsh etish lozim”, dedi Pekress va bunda sayyohlik hamda tijoriy soha vakillari talablari inobatga olinganini aytdi. “Ular sariq nimchalilarning namoyishlaridan ancha jabr ko‘rdi”, dedi u.

O‘zA
353