O‘zA O`zbek

04.04.2018 15:37 Chop etish versiyasi

Feysbuk Prezidentlik saylovlarini himoyalashga kirishdimi?

Feysbuk Prezidentlik saylovlarini himoyalashga kirishdimi? RIA Novostining yozishicha, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg Sankt-Peterburgdagi Internet tadqiqotlari agentligi (Internet Research Agency, IRA)ning 270 dan ziyod sahifa va akkauntlari bloklanganligini ma’lum qilgan.

IRAning akkauntlari nima sababdan bloklanganligiga Mark Sukerberg Feysbukdagi sahifasida shunday izoh qoldirgan:

“Dunyoda saylov jarayonlarining xolis va haqqoniy o‘tishini himoyalash maqsadida IRAning 270 dan ziyod sahifa va akkauntlarini blokladik. Bu bizning muhim qadamimiz bo‘ldi. Bloklangan akkauntlar ichida Rossiyadagi axborot tashkilotlariga tegishlilari ham bor bo‘lib, ular Internet tadqiqotlari agentligi tomonidan boshqarilib kelingan”

Eslatib o‘tamiz, AQSh ommaviy axborot vositalari Rossiyani mamlakat Prezidentligi saylovlarida aralashganlikda ayblagan edi. Ayblovlar qisman IRA ga ham tegishli bo‘lgan.

Malohat Husanova, O‘zA
6 285