O‘zA O`zbek

15.04.2019 12:33 Chop etish versiyasi

Dunyodagi eng yirik samolyot

Dunyodagi eng yirik samolyot

Stratolaunch Systems kompaniyasi dunyodagi eng yirik samolyot bilan bog‘liq tafsilotlarni ma’lum qildi. Bu haqda korporatsiya saytida xabar berilgan. Unga ko‘ra, havo kemasi sinov chog‘ida besh kilometr balandlikka ko‘tarilgan va soatiga 304 kilometr tezlikda uchgan. Parvoz ikki yarim soat davom etgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, samolyot qanotlari uzunligi 117 metr bo‘lib, unda oltita Boeing 747 dvigateli mavjud. Rejaga ko‘ra, 2020 yilda bu samolyotda ilk sun’iy yo‘ldosh olib chiqiladi.

O‘zA
340